Badanga qasddan ommaviy tartibsizliklar jarayonida yetkazilgan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast tegishlicha, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi , 105-moddasi ikkinchi qismining “d” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar aybdor tomonidan ommaviy tartibsizliklar jarayonida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazishdan tashqari yakson qilish, buzish, oʻt qoʻyish va shu kabi boshqa jinoyatlar sodir qilingan boʻlsa, uning harakatlari jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.