Badanga qasddan yetkazilgan ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikastni millatlararo yoki irqiy adovat zamirida yetkazilgan (JK 104-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi , 105-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi boʻyicha) deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdor tomonidan bunday harakatlar boshqa motivlarda (masalan, muayyan jabrlanuvchiga nisbatan rashk, oʻch olish, shaxsiy kelishmovchilik munosabati tufayli) emas, balki aynan ushbu bandda nazarda tutilgan motivda sodir etilganligi aniqlanishi lozim.