Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 24-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, badanga qasddan, sogʻliqning qisqa muddatga…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, badanga qasddan, sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga sabab boʻlmagan darajada yengil shikast yetkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Badanga qasddan bunday shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik, faqat u shunday qilmish uchun shaxsga nisbatan muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan boʻlsa (JK 126¹-moddasining ikkinchi qismi) yoki sogʻliqning qisqa vaqt davomida yomonlashuviga sabab boʻlgan (JK 109-moddasining birinchi qismi, 126¹-moddasining uchinchi qismi) holdagina kelib chiqadi.