Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi , 105-moddasi…

Sudlarga tushuntirilsinki, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi , 105-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bilan oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga bunday shaxs tomonidan oʻz xizmat faoliyati yoki fuqarolik burchini bajarishga toʻsqinlik qilish, shuningdek bunday faoliyat uchun oʻch olish maqsadida qasddan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazgan aybdorning harakatlari kvalifikatsiya qilinishi lozim. Fuqarolik burchini bajarish deganda, jumladan, insonning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan majburiyatlarni bajarishga qaratilgan har qanday qonuniy faoliyati tushuniladi.