Bezorilik harakatlarini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda sud aybdorning aynan qaysi harakatlari oʻtaketgan behayolik deb baholanayotganligini hukmda koʻrsatishi shart. Bezorilik harakatlari oʻtaketgan behayolik bilan sodir etilgan deb topish masalasini hal etish chogʻida sud ishning muayyan holatlari majmuidan kelib chiqishi hamda sodir etilgan jinoyatning xususiyati, vaqti, joyi va shart-sharoitlarini inobatga olishi lozim.