Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan deb topish uchun javobgarlik turi bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovar yoki boshqa qimmatliklarning miqdori bilan bogʻliq boʻlib, bu miqdor ularning huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Sudlarga tushuntirilsinki, “bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish” jinoyatining bevosita obyekti tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazishning belgilab qoʻyilgan tartibi hisoblanib, bunda tovar yoki boshqa qimmatliklarga nisbatan bojxona toʻlovlari mavjud yoki mavjud emasligi ahamiyat kasb etmaydi. Tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan koʻp miqdorgacha oʻtkazganlik uchun har doim, shaxs aynan shunday huquqbuzarlik uchun bir yil davomida bir necha marta maʼmuriy javobgarlikka tortilganligidan qatʼi nazar, maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 182-moddasining birinchi qismi boʻyicha jinoiy javobgarlik tovar va transport vositalarini koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227¹⁹ , 227²⁰ , 227²¹-moddalari va 227²²-moddasining birinchi qismi ) shaxs maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng bir yil davomida yana shunday huquqbuzarliklardan birini koʻp miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi. Tovar yoki boshqa qimmatliklarni bojxona chegarasidan oʻtkazishda, belgilangan meʼyor doirasida boshqa shaxslardan foydalangan holda olib kirilgan yoki olib chiqilganida tovar yoki boshqa qimmatliklarning jami miqdoridan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim. JK 182-moddasi ikkinchi qismining “ b ”, “ v ” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlganda, jinoiy javobgarlik shaxsning ilgari ushbu harakatlari uchun maʼmuriy javob