Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. JK 182-moddasi mazmuniga koʻra, tovarlar yoki boshqa qimmatliklarni (bundan buyon matnda…

JK 182-moddasi mazmuniga koʻra, tovarlar yoki boshqa qimmatliklarni (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish, tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqish tarzidagi harakatlarni quyidagi usullardan biri orqali sodir etishda ifodalanadi: bojxona nazoratini chetlab oʻtkazish; bojxona nazoratidan yashirish; bojxona hujjatlari yoki bojxona identifikatsiyalash vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanish; deklaratsiya qilmasdan yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanish; chegarani buzib oʻtish.