Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan: bolaning boshqa-boshqa turgan ota-onadan qaysi biri bilan birga yashashi; bolasidan alohida turadigan ota yoki onani bolasining tarbiyasida ishtirok etishga qarshilikni bartaraf etish; boshqa shaxslarning tarbiyasida boʻlgan bolalarni ota-onasiga qaytarish; ota-onalik huquqidan mahrum etish va ota-onalik huquqini tiklash; ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan bolalarini olish; ota-onalik huquqini cheklash, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish, farzandlikka olish; bolaning ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bilan koʻrishishi; ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish; farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi va boshqa nizolar sudda koʻrilishi lozim.