Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashligi haqidagi nizo…

Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashligi haqidagi nizo nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda hal etilayotgan hollarda bolalar boshqa shaxslarning tarbiyasida ekanligi hamda ular bolalarni ota-onasiga qaytarishga qarshilik koʻrsatayotganliklari aniqlansa, sud bu nizoni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilishi lozim.