Ota-onalarning mahrum qilinishi mumkin boʻlgan ota-onalik huquqi deyilganda, ularga bolasini voyaga yetguncha tarbiyalash, uning manfaatlarini himoya etish va unga vakillik qilish, bolasini boshqa shaxslardan talab qilib olish, uning farzandlikka olinishiga rozilik berish va h.k.lar uchun berilgan huquqlar tushunilmogʻi lozim. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onalar bolalari bilan qarindoshlik faktiga asoslangan huquqlarini: voyaga yetgan bolalaridan aliment olish, ular vafot etgan taqdirda pensiya bilan taʼminlanish, bolalarining mulkiga voris boʻlish huquqlarini va boshqa huquqlarini ham yoʻqotadilar.