Pensiya jamgʻarmasi tomonidan, fuqaroning fikriga koʻra, muddatidan ilgari pensiya tayinlash huquqini beradigan stajga qoʻshilishi lozim boʻlgan davrni bunday stajga qoʻshish rad etilgan hollarda, nazarda tutmoq lozimki, daʼvogar tomonidan bajarilayotgan ishlarning, u egallab turgan lavozimning, mavjud kasbning muddatidan ilgari pensiya tayinlash huquqini beradigan ishlar, lavozimlar, kasblarga oʻxshashligi masalasi sud majlisida aniqlangan har bir ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda (daʼvogar tomonidan bajarilayotgan ishlarning xarakteri va oʻziga xosligi, amalga oshirish sharoitlari, egallab turgan lavozimi boʻyicha yoki mavjud kasb boʻyicha u tomondan bajarilayotgan funksional vazifalar, shuningdek, u ishlagan korxona, muassasa, tashkilotlar faoliyatining yoʻnalishlari va hokazo) aniqlanadi. Shu bilan birga, turli xil nomlanadigan ishlar, kasblar, lavozimlarning oʻxshashligini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Shundan kelib chiqib, zarur boʻlgan hollarda sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillarni ishtiroki yoki ularning xulosasini olish masalasini hal etish lozim.