Qonunga koʻra, tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga oid summalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi “ Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi 290-sonli, 2017-yil 15-iyundagi “ Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida ”gi 375-sonli qarorlarida va sohaga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda undiriladi.