Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud jarayonlarining taʼsirini kuchaytirish maqsadida sudlar tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlashlari va bunday huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan xususiy ajrimlar chiqarishlari lozim. Davlatga koʻp miqdorda zarar yetkazganlik, qimmatbaho yoki noyob hayvonlarni qirib tashlaganlik toʻgʻrisidagi, shuningdek, portlovchi moddalar, kimyoviy vositalar va hokazolarni qoʻllab, guruh boʻlib sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud protsesslarini keng ommaga yetkazmoq kerak.