Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 30-band. Firibgarlik bilan bogʻliq jinoyat ishlarini sudda koʻrishda jabrlanuvchiga yetkazilgan…

Firibgarlik bilan bogʻliq jinoyat ishlarini sudda koʻrishda jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararlarning qoplangan qoplanmaganligi masalasi sinchkovlik bilan, toʻla tekshirilishi lozim. Tushuntirilsinki, jinoyat ishi boʻyicha yetkazilgan zararni qoplash maqsadida xatlangan mol-mulkni undiruvga qaratilishining oʻzi jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplangan deb hisoblash uchun asos boʻlmaydi. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, jabrlanuvchi sud majlisida oʻziga yetkazilgan moddiy zararlar amalda qoplanganligini bildirib, ixtiyoriy yozma ariza taqdim qilganligi natijasida moddiy zararlar qoplanganligi eʼtirof qilingan sudning hukmi (ajrimi), keyinchalik jabrlanuvchining ushbu zarar qoplanmaganligi haqidagi vaji asosida yuqori instansiya sudlari tomonidan sud hukmi (ajrimi)ning bekor qilinishiga yoki oʻzgartirilishiga sabab boʻlmaydi.