Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida 12-band. Sudlarning eʼtibori ekspertiza tayinlanayotgan hamma holatlarda tegishli ekspertiza…

Sudlarning eʼtibori ekspertiza tayinlanayotgan hamma holatlarda tegishli ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda sudlar FPK 135-moddasi talablariga muvofiq ekspertiza oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash masalasi hal etilishi lozimligiga qaratilsin. Agar ekspertiza oʻtkazish haqidagi iltimosnomani har ikkala taraf kiritsa yoki sud oʻz tashabbusi bilan ekspertiza tayinlagan hollarda ekspertiza oʻtkazish haqidagi ajrimda xarajatlar taraflar oʻrtasida teng taqsimlanganligini koʻrsatilishi shart. Qolgan hollarda, ekspertiza oʻtkazish xarajatlari sud ajrimida ekspertiza oʻtkazish haqida iltimosnoma kiritgan taraf zimmasiga yuklatilishi lozim.