Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida 3-band. Sudlar ekspertiza tayinlash va oʻtkazish masalasini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi…

Sudlar ekspertiza tayinlash va oʻtkazish masalasini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi namunaviy Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 14-martdagi 6-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi boʻyicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, shuningdek boshqa normativ huquqiy hujjatlarga amal qilishlari lozim.