Tushuntirilsinki, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomasi yoki oʻzining tashabbusi bilan ish materiallarida mavjud boʻlgan yoki taraflar tomonidan qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlar asosida ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlgan holatlarda, shuningdek, ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasida koʻrilayotganda ekspert tekshiruvi oʻtkazish zaruriyati mavjudligi aniqlanib, lekin uni oʻtkazish yangi holat va dalillarni oʻrganishni talab qilgan holatlarda ham ekspertiza tayinlash huquqiga ega.