Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 25-band. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, fuqarolik ishlarining alohida toifalari boʻyicha…

Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, fuqarolik ishlarining alohida toifalari boʻyicha daʼvo bahosini belgilashning xususiyatlari FPKning 129-moddasida nazarda tutilgan. Jumladan: aliment undirish haqidagi barcha daʼvolardan (bola, ota-ona, er-xotin va boshqalar taʼminoti uchun) davlat boji bir yil uchun aliment toʻlovlarining jami summasidan, agar aliment undirilgan muddat bir yildan oshmasa, shu davr uchun aliment toʻlovlari jami summasidan hisoblab chiqiladi. Toʻlovlar summasi javobgarning oxirgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi (daromadi)dan kelib chiqib aniqlanadi. Javobgar ishlamagan taqdirda, davlat bojini hisoblash uchun toʻlovlar summasi Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi; aliment qarzini toʻlashdan ozod qilish, aliment miqdorini oʻzgartirish (kamaytirish yoki koʻpaytirish) haqidagi daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlovlar kamaygan, koʻpaygan yoki bekor qilingan, ammo bir yildan ortiq boʻlmagan davr uchun belgilangan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi va daʼvogardan undiriladi.