Tushuntirilsinki, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat boji quyidagilardan undiriladi: 1) sudlarga beriladigan daʼvo arizalardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizalardan; 2) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan; 3) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan; 4) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan;