Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 19-band. Garovga oluvchining talabi boʻyicha undiruvni garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkka qaratish…

Garovga oluvchining talabi boʻyicha undiruvni garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkka qaratish sudning qarori asosida amalga oshiriladi va notariusning ijro yozuviga asosan amalga oshirilishi mumkin emas (FK 280-moddasi 1-qism). Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan notarial tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Garov shartnomasida garovga oluvchining undiruvni garovdagi mol-mulkka sudga daʼvo qoʻzgʻatmasdan qaratish huquqi koʻrsatilganligi haqiqiy emas deb topilishi lozim.