Giyohvandlik vositasi, ularning analoglari, psixotrop moddani muayyan miqdorga mansubligi masalasini hal etish surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning vakolatiga tegishli boʻlib, ular bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga ilovalarda koʻrsatilgan miqdorlarga amal qilishlari zarur. Giyohvandlik vositasi, uning analogi yoki psixotrop modda boshqa biron-bir neytral modda (toʻldiruvchi) bilan aralashmada boʻlgan hollarda giyohvandlik vositasi, uning analogi yoki psixotrop modda miqdori aralashmada mavjud neytral modda (toʻldiruvchi) miqdorini hisobga olmagan holda aniqlanishi kerak.