Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan bogʻliq jinoyat…

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan bogʻliq jinoyat ishlarni koʻrishda, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (keyingi matnda — JK) 270 — 276-moddalari , Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 1999-yil 19-avgustdagi Qonuni , Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzda oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli Qarori , Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi Konvensiya (1971-yil 21-fevral, Vena), Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisidagi Yagona konvensiya (1961-yil, Vena), Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik vositalar va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Konvensiyasi (1988-yil 20-dekabr, Vena), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur sohaga oid xalqaro kelishuvlariga rioya etilishi lozim.