Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 27-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, shaxsning JK 270-moddasi ikkinchi qismi “a”…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, shaxsning JK 270-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi , JK 271-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi , JK 273-moddasi uchinchi qismi “a” bandi , JK 274-moddasi toʻrtinchi qismi “a” bandi , JK 276-moddasi ikkinchi qismi “b” bandi bilan jinoiy javobgarligi, u muqaddam JK XIX bobida nazarda tutilgan biron-bir sodir etgan jinoyati uchun sudlangan holdagina kelib chiqadi. Agar shaxs muqaddam sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan yoki sudlanganlik holati tugallangan yoinki qonunda belgilangan tartibda olib tashlangan boʻlsa, qilmish mazkur belgi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.