Tushuntirilsinki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish deganda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shart va tartibni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida oʻtkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, joʻnatish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yoʻq qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish tushuniladi.