Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 33-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq, bunday faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan nazorat ostida olish, yaʼni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki sotish maqsadini koʻzlamasdan olishdan iborat boʻlgan maxsus tadbir amalga oshirilishi mumkin boʻlib, u jinoyat-protsessual qonunining tegishli talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi lozim.