Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 34-band. Sudlar mazkur toifadagi ishlar boʻyicha jazo tayinlashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy…

Sudlar mazkur toifadagi ishlar boʻyicha jazo tayinlashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorda berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. Jinoyatning tashkilotchilari va faol ishtirokchilari, shu jumladan, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni sotuvchilar, oʻtkazuvchilar, bunday vosita yoki moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki uning hududi orqali tranzit tarzda oʻtkazgan, shu kabi jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan, voyaga yetmaganlarni bunday jinoyatlarga jalb qilgan shaxslar ogʻirroq javobgarlikka tortilishlari lozim. Shu bilan birga, sudlar giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlagan, olgan, saqlagan shaxslarga nisbatan, shuningdek, ularni yetishtirgan ayollarga, 60 yoshdan oshgan erkaklarga, voyaga yetmaganlarga va jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin boʻlgan boshqa shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlash masalasini muhokama qilishlari shart.