Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Qonunga koʻra, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar…

Qonunga koʻra, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori bilan tasdiqlangan quyidagi roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilganda kelib chiqadi: Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (I roʻyxat); Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (II roʻyxat); Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan psixotrop moddalarning roʻyxati (III roʻyxat); Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan prekursorlarning roʻyxati (IV roʻyxat). Bunda shuni nazarda tutish lozimki, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish uchun aybdorlar barcha hollarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar (Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 56-moddasi ). Agar mazkur harakatlar oʻtkazish maqsadini koʻzlab sodir etilsa, qilmish JK 273-moddasining birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.