Himoyachi qonunga koʻra (JPK 53-moddasi ) oʻz himoyasi ostidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yetarli huquqlar bilan taʼminlangan boʻlib, uning bu huquqlarini jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari tomonidan biror bir tarzda cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi. Himoyachi oʻz himoyasi ostidagi shaxs ishtirokida oʻtkaziladigan barcha tergov harakatlarida, shu jumladan, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlari tushuntirilayotganda va u soʻroq qilinayotganda, qamoqqa olish, uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi hal qilinayotgan, koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishda, eksperiment oʻtkazilayotganda, tanib olish uchun koʻrsatilayotganda, yuzlashtirilayotganda, guvohlantirilayotganda, eksgumatsiya jarayonida, olib qoʻyish va tintuvda, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishda, mol-mulkni xatlashda, prokuror tomonidan soʻroq qilinayotganda qatnashishga haqlidir. Himoyachi jinoyat ishida qatnashishga ijozat olgan paytdan boshlab, ushlab turish haqida tuzilgan bayonnoma, ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim), ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillar sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni toʻplash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan keyin esa, jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalar yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish. Himoyachining bunday huquqi uning himoyasi ostidagi shaxs gumon qilinuvchi, ayblanuvchi deb eʼtirof etilgunga qadar oʻtkazilgan tergov harakatlariga oid bayonnomalar bilan tanishishga nisbatan ham amal qiladi. Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ishtirokida oʻtkaziladigan tergov harakatlari kuni, v