Sud taraflar ayblov mohiyati va ish holatlari yuzasidan oʻz vajlarini bayon qilayotganda ularning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qoʻymasligi kerak. Shu bilan bir qatorda, raislik qiluvchi koʻrilayotgan ishning mohiyatiga aloqasi boʻlmagan holatlar boʻyicha gapirayotgan muzokara ishtirokchisi soʻzini boʻlishga haqli.