Mahkumga (oqlangan shaxsga) berilgan himoya huquqi taʼminlanishining jiddiy kafolati shundan iboratki JPK 501 , 514-moddalariga binoan kassatsiya, taftish tartibida sud qarorlarining qayta koʻrib chiqilishiga, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining ogʻirlashishiga olib kelsa, ayblov (oqlov) hukmi yoki ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, bir yil oʻtgandan soʻng yoʻl qoʻyilmaydi.