Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Maxsus mashinalar — vazifasiga koʻra yoki ustida oʻrnatilgan uskunalarga muvofiq…

Maxsus mashinalar — vazifasiga koʻra yoki ustida oʻrnatilgan uskunalarga muvofiq, alohida, maxsus ishlarda foydalaniladigan oʻziyurar texnika vositalaridir. Har xil muhandislik mashinalari, sanitariya transportlari, koʻchma taʼmirlash ustaxonalari, laboratoriyalar va hokazolar maxsus mashinalar tarkibiga kiradi.