Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 23-band. JKning 283-moddasida nazarda tutilgan badanga shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlik…

JKning 283-moddasida nazarda tutilgan badanga shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlik agar boshliqqa nisbatan zoʻravonlik uning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgandagina hosil boʻladi. Harbiy xizmat munosabatlari bilan qamrab olinmagan yoki xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan holatlarda boshliqqa nisbatan qilingan bunday harakatlar shaxsga qarshi jinoyat sifatida tavsiflanishi lozim.