Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 26-band. JKning 285-moddasi 1-qismida muntazam ravishda xoʻrlash, kamsitish, sogʻliqning…

JKning 285-moddasi 1-qismida muntazam ravishda xoʻrlash, kamsitish, sogʻliqning yomonlashuviga sabab boʻlgan yengil yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish, noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish kabi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Shu sababli aybdorning harakatlarini JKning shaxsga qarshi jinoyatlarga tegishli moddalari bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.