Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 30-band. Harbiy xizmatchilar tomonidan oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini, jumladan…

Harbiy xizmatchilar tomonidan oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini, jumladan, muntazam xoʻrlash koʻrinishida buzish jabrlanuvchilarning oziq-ovqati, harbiy kiyim-kechak ashyolari va boshqa moddiy boyliklarini olib qoʻyish yoʻli bilan sodir etilishi mumkin. Agar bunda jabrlanuvchiga tegishli boʻlgan shaxsiy mulk ashyolari olib qoʻyilsa, aybdorning harakatlari JKning 285-moddasidan tashqari mulkka qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi boshqa moddalari bilan qoʻshimcha tavsiflanishi zarur. Zoʻrlik ishlatish yoki uni ishlatish tahdidi bilan harbiy xizmatchiga beriladigan oziq-ovqat payogi yoki harbiy kiyim-kechak ashyolarini olib qoʻyish JKning 285-moddasi dispozitsiyasi bilan toʻlaligicha qamrab olinadi.