Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 43-band. JKning 298-moddasi nazarda tutgan jinoyatning muqarrar alomati — yoʻl qoʻyilgan…

JKning 298-moddasi nazarda tutgan jinoyatning muqarrar alomati — yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklar natijasida odamlarning halok boʻlishi yoki ularga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish kabi muayyan zararning kelib chiqishidir. Hayot yoki sogʻliqqa zarar yetkazish ushbu jinoyat tarkibi bilan qamrab olingan va u shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddalar bilan qoʻshimcha tavsiflashni talab qilmaydi. Boshqa ogʻir oqibatlar deganda, poyezdlar, kemalar yoki samolyotlar qatnovi uzoq muddatga izdan chiqishi, tevarak-atrofdagi uylar, qurol-aslaha, kiyim-kechak, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari omborlari va boshqa inshootlar vayron qilinishi (portlashi, yonib ketishi, qulab tushishi) va h.k.lar tushunilishi lozim. Moddiy boʻlmagan ogʻir oqibatlar muhim harbiy topshiriqlar, jangovar, harbiy-oʻquv vazifalari yoki boshqa muhim tadbirlarning barbod boʻlishida ifodalanishi mumkin.