Qurol — tuzilishiga koʻra, jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun moʻljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan xoʻjalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek, tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi. (“Qurol toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi ).