Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat bojini qaytarish asoslari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi…

Sudlarga tushuntirilsinki, davlat bojini qaytarish asoslari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan boʻlib, uning maʼnosiga koʻra, davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi, boshqa hollarda esa toʻliq hajmda qaytariladi. Ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarish sudning hujjati asosida amalga oshiriladi.