Davlat boji toʻlanmagan holda qabul qilingan arizalar (daʼvo arizalari) yuzasidan davlat boji ish yakuni boʻyicha, ariza qabul qilingan paytda amalda boʻlgan davlat boji stavkasi boʻyicha undiriladi. Ushbu qoida sud qarorlari ustidan shikoyat berishda ham qoʻllaniladi. Daʼvogar (arizachi) toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan davlat daromadiga undiriladi. Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta daʼvogar (arizachi) tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan daʼvo arizasi (ariza) toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, u davlat foydasiga har bir javobgardan alohida qanoatlantirilgan talablarga mutanosib ravishda undiriladi. Daʼvo arizasi (ariza) qanoatlantirilgan holda daʼvogar (arizachi)ning tegishli iltimosnomasi mavjud boʻlgandagina, sud xarajatlari uning zimmasiga yuklatilishi mumkin. Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatida kiritgan daʼvo arizalari (arizalar)ni qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirish rad etilgan qismiga mutanosib ravishda, shuningdek daʼvo koʻrmasdan qoldirilganda yoki ish yuritish tugatilganda davlat boji manfaati koʻzlanib daʼvo kiritilgan daʼvogarlardan undiriladi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan daʼvoni koʻrmasdan qoldirish yoki ish yuritish tugatish hollari bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-sonli qarori 3-bandning toʻrtinchi xatboshisida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa