Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Tushuntirilsinki, daʼvogar (arizachi) arz qilgan talablaridan voz kechganda u qilgan…

Tushuntirilsinki, daʼvogar (arizachi) arz qilgan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarning oʻrni javobgar tomonidan qoplanmaydi. Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar (arizachi) oʻz talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan holda, davlat boji javobgardan qanoatlantirilgan talablarga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvo arizasi (arizasi) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin nizo bartaraf etilganligi munosabati bilan mediativ kelishuv tuzishga yoʻl qoʻyilmasligi sababli bunday holatda ish mazmunan koʻrib chiqilishi va natijasi boʻyicha davlat boji umumiy asoslarda undirilishi lozim.