Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida 16-band. Qonunni buzgan holda aksiz markalarisiz savdo faoliyatini amalga oshirayotgan…

Qonunni buzgan holda aksiz markalarisiz savdo faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlarini tavsiflashda sudlar Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga binoan aksiz soliqning bir turi ekanligi va shu sababli aybdorlar Jinoyat kodeksining 184 va 189-moddalari boʻyicha javobgarlikni koʻzda tutuvchi jinoyatlar majmui bilan javobgar qilinishlari kerakligidan kelib chiqishlari lozim. Aksizsiz savdo qilish oqibatida keltirilgan zarar miqdorini aniqlashda nafaqat aksiz markalarisiz haqiqatan sotilgan mahsulotning summasidan, balki sotuvda boʻlgan aksiz markalarisiz barcha mahsulotlar miqdoridan, garchand bu mahsulotlar bir xil boʻlmasada, kelib chiqish zarur.