Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish uchun javobgarlik faqat toʻgʻri qasd boʻlganda hamda fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazish tarzidagi oqibat yuz bergandagina kelib chiqishligi sudlarga tushuntirilsin. Mansabdor shaxsning egallab turgan lavozimi tufayli unga yuklatilgan xizmat majburiyatlaridan kelib chiqadigan vazifalari mansabdorlik vakolatlari hisoblanadi.