Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 15-band. Mahkum, uning qonuniy vakili, advokat yoki jazoni ijro etuvchi organ tomonidan jazoni…

Mahkum, uning qonuniy vakili, advokat yoki jazoni ijro etuvchi organ tomonidan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud majlisi tayinlangunga qadar chaqirib olinsa, sudya xat bilan iltimosnomani ularga qaytaradi. Agar iltimosnoma sud majlisi tayinlangandan keyin chaqirib olinsa, sudya ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Iltimosnoma chaqirib olinganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilishi bunday iltimosnoma bilan keyinchalik, shu jumladan ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan olti oy oʻtmasdan turib, sudga murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.