Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JK 73 , 89-moddalari ) va jazoni yengilroq jazo turi bilan almashtirishga oid (JK 74 , 90-moddalari ) masalani sudlar har bir mahkumga alohida yondashuvni taʼminlagan holda hal etishlari lozim. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilroq jazo bilan almashtirish, faqat sud tomonidan tayinlangan jazoning qonunda nazarda tutilgan qismini oʻtash paytida (hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar ushlab turilgan, qamoqda, uy qamogʻida saqlangan vaqtni hisobga olgan holda) oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. Shuni taʼkidlash lozimki, muqaddam jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan voyaga yetmagan mahkum jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, unga nisbatan JK 89 , 90-moddalari umumiy asoslarda qoʻllaniladi