Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 26-band. Intizomiy qismga joʻnatish yoki xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan…

Intizomiy qismga joʻnatish yoki xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan va sogʻligi holati tufayli harbiy xizmatga noloyiq deb topilgan mahkum harbiy xizmatchilar JK 75-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq sud tomonidan jazodan ozod etiladilar. Jazoni ijro etuvchi organning harbiy xizmatchilarni jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi ular harbiy xizmatga noloyiq deb topilganligi toʻgʻrisidagi tegishli harbiy-tibbiy komissiyasining xulosasi asosida kiritiladi. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan ayol harbiy xizmatchilar, shuningdek, homiladorlik va tugʻish uchun taʼtil berilganligi munosabati bilan ham jazodan ozod etiladilar.