Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jazoni ijro etuvchi organ rahbari, shuningdek, uning vakili sudning JPK 534 yoki 536-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega emas, chunki qonunga (JPK 56-bobi ) koʻra, sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish huquqi mahkumga, uning qonuniy vakiliga, advokatga, prokurorga, shuningdek, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga (vakiliga) tegishli.