Qoʻshimcha jazo tayinlangan mahkumni asosiy jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chogʻida, sudlar mahkumni oʻtalmagan qoʻshimcha jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani ham muhokama qilishlari lozim (JK 73-moddasi birinchi qismi ). Qoʻshimcha jazo qisman oʻtalganda, sud shaxsni qoʻshimcha jazoning qolgan qismidan toʻliq yoki qisman ozod qilishga oid masalani hal etishga haqli. Sudning mazkur masalaga oid qarori ajrimning qaror qismida bayon etilishi lozim. Agar mahkum asosiy jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, qoʻshimcha jazodan ozod qilish toʻla yoki qisman rad etilgan boʻlsa, qoʻshimcha jazodan ozod qilish toʻgʻrisida takroran qoʻyilgan masala JIK 164-moddasi beshinchi qismida belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda koʻrib chiqilishi mumkin.