Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 2-band. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 243-moddasida nazarda tutilgan daromadlarni legallashtirish…

Sudlarga tushuntirilsinki, JK 243-moddasida nazarda tutilgan daromadlarni legallashtirish tariqasidagi jinoyatning predmeti bu jinoiy faoliyat natijasida topilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk hisoblanadi. Qonun mazmuniga koʻra, ushbu pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk ularni legallashtirishdan oldin qasddan sodir etilgan ijtimoiy-xavfli qilmish (bundan buyon matnda asosiy jinoyat deb yuritiladi) orqali topiladi. Asosiy jinoyatlarga, jumladan, quyidagilar kiradi: shaxsga qarshi haq evaziga sodir etiladigan jinoyatlar (masalan, gʻaraz niyatlarda odam oʻldirish, fohishaxonalar saqlash, odam savdosi); iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar (masalan, oʻgʻirlik, bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, firibgarlik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish, soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash); hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlari faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar (masalan, pora olish, qonunga xilof ravishda mulkiy manfaatdor boʻlish); jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar (masalan, kontrabanda, oʻqotar qurol yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish va h.k.). Bunda bir yoki bir necha asosiy jinoyat sodir etilganligi, ular alohida bir shaxs, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi yoxud boshqa mamlakat hududida sodir etilganligi, legallashtirilayotgan mulk sodir etilgan jinoyat natijasida bevosita yoki bilvosita qoʻlga kiritilganligi ahamiyat kasb etmaydi. 2.1. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar” atamasi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi: jinoiy yoʻl bilan topilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish natijasida