Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Protsessual chiqimlarni undirish masalasini hal etish chogʻida sudlar protsessual…

Protsessual chiqimlarni undirish masalasini hal etish chogʻida sudlar protsessual qonunchilik bilan bir qatorda “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni , Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2023-yil 28-oktabrdagi 570-son qarori , Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga rioya etishlari lozim 10¹. Sudlar jinoyat ishlari yuzasidan protsessual chiqimlarni undirilishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori talablariga rioya qilinishini taʼminlasin.