Protsessual chiqimlarga tegishli boshqa xarajatlar deganda, jinoyat ishi boʻyicha bevosita shaxsning aybdorligiga doir dalillarni toʻplash va tekshirish yuzasidan surishtiruv, tergov organlari va sudlar tomonidan qilingan sarf-xarajatlar tushuniladi. Boshqa xarajatlarga, jumladan, tergov eksperimenti yoki ekspertiza oʻtkazish chogʻida buzilgan yoki yoʻq qilingan narsalar qiymatini qoplash jinoyat ishini alohida ish yurituvga ajratish tanib olish uchun koʻrsatilgan shaxslar (ayblanuvchilardan tashqari) xarajatlarini qoplash bilan bogʻliq sarflar kiritilishi mumkin.