Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. Tushuntirilsinki, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda protsessual chiqimlar jinoyat…

Tushuntirilsinki, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda protsessual chiqimlar jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilaridan undirilishi mumkin, jumladan: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganda kelmagan protsess ishtirokchisidan — ishning sudda koʻrilishi yoki tergov harakatlari oʻtkazilishi uning uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi oqibatida kechiktirilgan hollarda; tegishli advokatlar tuzilmasidan — advokat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganda uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganda; jabrlanuvchining shikoyati asosida qoʻzgʻatiladigan ish boʻyicha ish yuritish uning arizasiga koʻra boshlangan shaxsdan — mazkur ish boʻyicha sudlanuvchi oqlangan taqdirda. Sud voyaga yetmaganlar jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha protsessual chiqimlarni toʻlashni mahkumning ota-onasiga yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar zimmasiga yuklashi mumkin, basharti voyaga yetmagan shaxs xulq-atvori ustidan tegishli nazorat yoʻqligida ularning aybi mavjud boʻlganda.